Bugunga kelib Özbekistonda faoliyat yuritayotgan yagona reyestrga kiritilgan oilaviy mehmon uylari soni 346 tani taşkil qilib, ular 3063 kişini özida siğdira oladi. E'tiborlisi şundaki, 346 ta mehmon uyidan 245 tasi (2177 örinli) 2019 yilning yanvar-may oylarida taşkil etilgan. Kun.uz muxbiri 31 may kuni Milliy matbuot markazida bölib ötgan “Dam oliş turizmining rivojlanişi, dam oliş zonalarida yaratilgan şaroitlar” matbuot anjumani doirasida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari tomonidan berilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Hududlarga ziyorat, dam oliş va sayohat maqsadlarida taşrif buyurayotgan aholiga yanada köproq qulayliklar yaratiş maqsadida, xususan, ularga arzon va qulay bölişi uçun turistik obektlar atrofida oilaviy mehmon uylari taşkil etilmoqda.
"Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga katta imtiyozlar berilmoqda. Sayyohlar oqimi köpaygani sari ularni joylaştiriş masalasi muammo bölmoqda. Şuning uçun bugungi kunda davlat tomonidan mehmonxonalarga berilayotgan subsidiyalar, mehmon uylarini taşkil qiliş böyiça tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. Mehmonxonalar, mehmon uylari köpaygani sayin birinçidan, ularning sifati oşadi, ikkinçidan, narxi tuşadi", - dedi Qömita raisi örinbosari Saidakbarxon Akbarov.
Ta'kidlaş joizki, hozirgi kunga qadar faoliyati yölga qöyilgan 79 ta mehmon uyi aynan dam oliş zonalari, pansionat va sanatoriylar atrofida joylaşgan. Bu ham öz navbatida, dam olişga kelayotgan aholi uçun qulayliklar yaratadi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” ğoyasi doirasida dam oliş zonalari atrofida oilaviy mehmon uylarini köpaytiriş böyiça işlar davom ettiriladi. Natijada dam olişga keluvçilar uçun şaroitlar yaratilib va ularga xizmat körsatuvçi mahalliy aholi vakillari uçun qöşimça iş örinlari yaratilib, turmuş darajasi oşişiga erişilişi közda tutilgan.

2019 yil 2 may kuni Prezident boşçiligida ötkazilgan “Har bir oila - tadbirkor” dasturini respublika hududlarida amalga oşiriş natijadorligi töğrisida”gi 16-sonli videoselektor majlisi bayoni 12-bandida belgilangan topşiriqlar ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 631-sonli qarori doirasida joriy yilning 13-16 may kunlari Qömita markaziy apparati mas'ul xodimlari va hududiy bölinmalari vakillari tomonidan hududlarda mehmon uylari taşkil qiliş böyiça tuman, mahalla, qişloqlar kesimida aholi bilan uçraşuvlar taşkil etilib, ularga mehmon uylarini taşkil etiş tartiblari, turizm sohasida öz tadbirkorlik faoliyatini boşlaşlari uçun belgilangan imtiyozli bank kreditlari töğrisida tarğibot-taşviqot tadbirlari ökazildi hamda uçraşuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan kötarilgan muammolarini hal etiş böyiça amaliy yordam körsatildi.








