Ramazon hayiti arafasida Oliy sud raisi örinbosari X.Yodgorov, Oliy sud, Toşkent viloyati va Toşkent şahrida faoliyat yuritayotgan ayol sudyalar, jamoatçilik vakillari iştirokida Zangiota tumanida joylaşgan ayollar jazo ötayotgan muassasasida bölib, oçiq muloqot ötkazişdi, deb yozadi Oliy sud matbuot xizmati.

Ma'lum qilinişiça, jazoni ijro etiş muassasasida sayyor sud majlisi ham bölib ötdi. Unda jami 19 nafar ayol jazodan ozod etilib, uyiga - oilasi bağriga qaytarildi.
Bundan taşqari, 20 nafar ayol qamoqdan ozod etilib, manzil-koloniyasiga ötkazildi.

Xabar berilişiça, sayyor suddan söng Oliy sud raisi örinbosari jazoni ijro etiş muassasasidagi mahkumalarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi. 17 nafar mahkumaning nazorat tartibidagi arizalari körib çiqiş uçun qabul qilindi.








