Tokio oliy sudi Yaponiya hukumatiga AQŞning Yokota harbiy bazasi şovqini sababli Fussa şahri aholisiga 7 mln dollar miqdorida kompensatsiya tölaş majburiyatini yukladi. Kyodo agentligining xabar berişiça, uylari aviabaza yaqinida joylaşgan mingga yaqin kişi tovon puli oladi.

"Bazadan çiqqan şovqin me'yordagidan ortib ketgan. U ruhiy çarçoqqa olib kelgan va aholining kundalik hayotini izdan çiqargan", - dedi sud raisi Sigeru Nakanisi. 

2017 yilda ham Tokio okrug sudi Fussa aholisi da'vosiga köra ana şunday hukm çiqargandi. Öşanda kompensatsiya miqdori 5,5 mln dollar atrofida belgilangandi.

Yokota Tinç okeani şimoli-ğarbiy qismidagi eng yirik AQŞ harbiy-transport boğlamasi hisoblanadi. AQŞ qurolli kuçlarining Yaponiyadagi ştabi ham şu yerda joylaşgan.