Belgradlik tennischi 6 eysni amalga oshirdi, 4 marta to‘p uzatishda adashdi va 12 breyk-poyntdan 7tasini uddaladi.
Hal qiluvchi final bahsida Tim ispaniyalik Rafae Nadalga qarshi kortga chiqadi.
Rafael Nadal “Rolan Garros” musobaqasining birinchi yarimfinalida afsonaviy shveysariyalik tennischi Rojyer Federer ustidan g‘alaba qozondi.
2 soat 25 daqiqa davom etgan uchrashuv 6:3, 6:4, 6:2 hisobida yakunlandi.
Nadal «Katta dubulg‘a» seriyasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. U o‘tgan yili finalda Tim ustidan 6:4, 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozongan.











