Avstriyalik tennisçi Dominik Tim AQŞda ötgan US Open musobaqasi ğolibi böldi. Tim final bahsida germaniyalik Aleksandr Zverevni mağlubiyatga uçrata oldi.

E'tiborlisi, avstriyalik tennisçi dastlabki ikki setni yutqazib, keyingi uç setda ğalabani ilib keta olgan. US Open finalida oxirgi marta bunday holat 1949 yilda yuz bergan: öşanda ham amerikalik Panço Gonsales dastlabki ikki setda yutqaza turib, söngra ğalabaga erişgan. 

Tim va Zverev örtasidagi uçraşuv 2:6, 4:6, 6:4, 6:3, 7:6 (8:6) hisobida yakunlandi. U 4 soat 1 daqiqa davom etdi.

27 yoşli Tim “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqada birinçi marta ğalaba qozondi. Bungaça u ikki marta Roland Garros (2018, 2019) va bir marta Australian Open (2020) finaliga çiqa olgan. Hozirda Tim professional tennisçilar reytingida 3-örinni egallamoqda. 

Musobaqaning ayollar bahsida yaponiyalik Naomi Osakaning qöli hammadan baland keldi. U final uçraşuvida belaruslik Viktoriya Azarenkoni 1:6, 6:3, 6:3 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Şu tariqa Osaka ikkinçi marta US Open’da zafar quçdi. Yaponiyalik tennisçi birinçi marta bunday natijaga 2018 yilda erişgan. Naomining hisobida 2019 yilgi Australian Open’dagi ğalaba ham bor.

AQŞ oçiq çempionati pandemiya tufayli tomoşabinlarsiz ötgan. Uning mukofot jamğarmasi 53,4 mln dollarni taşkil qilgan.