Google Maps rahbari Jyen Fitspatrik Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda Qöqon şahri hokimligi öz Telegram-kanalida ma'lum qildi.
Şahar ma'muriyati ma'lumotlariga köra, Fitspatrik şaharga Xalqaro xalq-amaliy san'ati festivali doirasida keladi.
Mehmon taşrifi doirasida şaharning diqqatga sazovor joylari va tarixiy yodgorliklariga taşrif buyurib, ular haqidagi ma'lumotlarning Google xaritalariga kiritilişida yordam körsatadi.
“Bu festival mehmonlari, keyinçalik esa sayyohlarga Qöqonda möljalni yaxşiroq olişda yordam beradi”, deyilgan xabarda.
Fitspatrik Google’ga 1999 yilda kelgan va kompaniyaning birinçi ayol muhandislaridanֹ biri bölgan. Bir neçta patentlarga ega, AdWords, News Google, Google Search Appliance kabi mahsulotlar uçun dasturiy ta'minotni yaratişga boşçilik qilgan.
2014 yilda Google’ning Geo böyiça vitse-prezidenti bölgan, bu esa uning Google Maps va Local jamoalariga rahbarlik qilişini anglatadi. Bu xizmatlardan bugunda milliarddan köproq odam foydalanadi.








