Taşqi körinişi böyiça avvalgisini takrorlasa ham, qöşimça afzalliklarga ega.
Xiaomi kompaniyasi Amazfit Bip 2 aqlli soatlarini taqdim etdi (Health Watch). Soatlar yangi materiallardan tayyorlangani uçun ham oldingilardan ajralib turadi. Şuningdek, uşbu versiya yurak pulsini ölçaş bilan birgalikda, uni elektrokardiogrammadan ötkaziş imkoniyatiga ega.

Amazfit Bip 2 aqlli soati 1,28-dyuymli yaltiramaydigan qoplamaga ega ekran bilan jihozlangan. Unga Qualcomm protsessori örnatilgani bois kunning istalgan vaqtida yurak uriş tezligini hisoblab boradi.
Tadqiqotlar natijasiga köra, EKG aniqligi 97,24 foiz deb ta'kidlangan. Agar uskuna yurak urişida qandaydir noodatiy yoki xavfli alomatlarni payqasa, uni özida aks ettirgan holda bildiriş beradi — bunda smartfoningiz yoningizda yoki yöqligi ahamiyatsiz. Har soatda olingan EKG natijasi 7 kun davomida xotirada saqlanadi.

Amazfit Bip 2’ning oğirligi atigi 25 gramm va u 4 xil rangdagi talqinda taqdim etiladi: qora, puşti, tilla rang va jigarrang. Soatlarning narxi 699 yuanni taşkil etmoqda, ya'ni taxminan 100 AQŞ dollari miqdorida.
Şuningdek, Xiaomi öz taqdimotlarida eSIM’ni qöllab quvvatlovçi Amazfit Smart Watch 2 va rangli ekranga ega Mi Band 4 fitnes-brasletini ham taqdim etgan.








