1—22 iyun davomida Prezident maktablariga jami 28 446 nafar talabgor hujjat topşirgan. Şundan 9260tasi (32,5 foiz) onlayn, 19 186 nafari (67,5 foiz) esa oflayn usulda, ya'ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topşirgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar berdi.
Onlayn topşirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791tani taşkil etgan bölsa, ota-onalarga tahrirlaşga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211tani taşkil etdi.
Topşirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 nafari saralaş bosqiç imtihonidan ötiş imkoniga ega bölişdi.
Hududlar böyiça eng köp – 7 724ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tuşgan. Qoraqalpoğistonda 7 456ta, Xorazmda 6 503ta, Toşkent şahrida 5 763ta hujjat qabul qilingan.
Eng köp – 8 727ta ariza 5-sinf uçun qabul qilingan, eng past körsatkiç 10-sinflar orasida – 2 350ta.
Imtihonlarni davlat (özbek) tilida topşiruvçi öquvçilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni taşkil qilgan bölsa, ingliz tilida topşiruvçilar soni 621 nafarni taşkil etdi.
Bir öringa örtaça raqobat 49 öquvçini taşkil etgan bölsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topşirgan talabgorlar örtasida – 1 öringa 92 nafar öquvçini (Namanganda 118 öquvçi) taşkil etadi.
Prezident maktablariga 1—22 iyun davomida umumiy topşirilgan hujjatlar böyiça batafsil ma'lumotni (hududlar, sinflar, raqobat, jinsi va boşqa kesimlarda) infografikada körişingiz mumkin.

Prezident maktablariga hujjat topşirgan talabgorlarning soni rejalaştirilgandan ham oşib ketgani sababli kiriş imtihonlarini ötkazişga mas'ul çet ellik taşkilot Cambridge assessment – saralaş bosqiç imtihonlari (pre-selection) ötkazilişi lozimligi ma'lum qilindi.
Prezident maktablariga saralaş bosqiç imtihonlari (pre-selection)








