Özbekistonda akreditatsiyadan ötgan 27 xorijiy elçixonaning harbiy attaşelari Mudofaa vazirligi bilan özaro hamkorlik rejasiga asosan Şarqiy harbiy okrugning Qöqon garnizonida böldi.

Mehmonlar ekskursiyani Qöqon şahridagi Xudoyorxon ördasini ziyorat qilişdan boşladi.


«Farğona viloyatidagi köp yillik tarixga ega qadamjolar ularda katta taassurot qoldirdi. Şundan söng harbiy attaşelar va ularning yordamçilari Qöqon garnizonidagi harbiy qismga taşrif buyurdi.

Ular bu yerda Özbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beşta taşabbus böyiça olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, harbiy qismda harbiy xizmatçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, zamonaviy öquv sinflari va maşğulot maydonçalari mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Ayniqsa, turli yönalişlarda taşkil etilgan tögaraklar faoliyati mehmonlar e'tiborini öziga tortdi», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.











