Vena şahri markazida, Pressgasse va Schäffergasse köçalari hududida kuçli portlaş sodir böldi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Xabarda aytilişiça, portlaş oqibatida köpqavatli uyning bir neçta qavati vayron bölgan. Dastlabki taxminlarga köra, hodisa gaz portlaşi natijasida yuz bergan.

Vena şahar kengaşi portlaşda kamida ön kişi jarohatlanganini ma'lum qildi. Qutqaruvçilarning aytişlariça, tört kişi jiddiy, olti kişi yengil jarohat olgan.