O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Farmonda iqtisodiyotning ayrim sektorlarida tadbirkorlik sub'yektlariga sezilarli miqdorda imtiyoz va preferensiyalar berilganini hisobga olgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning amaldagi tartibidagi mavjud bo‘lgan nomutanosibliklar barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun teng sharoitlarni ta'minlashda qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bermayotganligi qayd etilgan.

Mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni ta'minlash hamda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish maqsadida 2019 yil 1 avgustdan boshlab shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq:

  • yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) ni to‘lashga o‘tishi mumkin;
  • kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

Belgilansinki, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab:

a) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste'molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat'i nazar, QQS to‘lovchilari hisoblanadi;

b) tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat'i nazar, QQS to‘lovchilari hisoblanadilar. Bunda tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab QQS to‘lovchisi sifatida hisobga turishi shart;

v) quyidagilar bo‘yicha QQSdan, shu jumladan, import qilinganda ham imtiyozlar bekor qilinadi: