Tax Policy Associates töplagan maʼlumotlar asosida Yevropa mamlakatlarining alohida soliqlar soni böyiça körsatkiçlari taqqoslandi.

Unga köra, Fransiya 348 ta alohida soliq bilan boşqa Yevropa mamlakatlaridan sezilarli darajada ajralib turadi. Ikkinçi örindagi Daniyada 132 turdagi soliq mavjud. Yevropa böyiça örtaça körsatkiç esa qariyb 90 tani taşkil etadi.

Fransiyadagi 348 ta soliqning 243 tasi byudjetga nisbatan kam daromad keltiradigan soliqlar toifasiga kiritilgan. Mamlakat byudjeti tuşumlarining asosiy qismi esa yirik soliq turlari hisobiga şakllanadi.

Jumladan, 2024-yilda mehnat faoliyati bilan boğliq soliqlardan 800 mlrd yevrodan ortiq, tovarlar va xizmatlarga solinadigan soliqlardan esa qariyb 300 mlrd yevro tuşum olingan.

Fransiyada soliqlar sonining köpligi turli davrlarda joriy etilgan tor sohaviy yiğimlar bilan ham boğliq. Ular orasida suğurta, kasbiy taʼlim, savdo-sanoat palatalari, atom energetikasi va qimor öyinlari bilan boğliq maxsus soliq va yiğimlar bor.

Reytingning quyi qismida Boltiqböyi davlatlari joylaşgan. Latviyada 54 ta, Litvada 35 ta alohida soliq qayd etilgan. Estoniyada esa 34 ta soliq mavjud bölib, bu taqqoslangan Yevropa mamlakatlari orasidagi eng past körsatkiçdir.

Şu bilan birga, alohida soliqlar soni mamlakatdagi umumiy soliq yuki qançalik yuqori yoki pastligini bevosita anglatmaydi. Bu körsatkiç, avvalo, milliy soliq tizimining tuzilişi va murakkabligini taqqoslaş imkonini beradi.