Bugun, 29 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalarida navbatdagi bitiruv munosabati bilan tantanali tadbirlar ötkazildi.

Xususan, Qurolli Kuçlar akademiyasida ötgan tantanada Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Özbekiston xalq artisti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a'zosi Afzal Rafiqov, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, Qurolli Kuçlar faxriylari, bitiruvçilarning ota-onalari iştirok etdi.

Davlatimiz madhiyasi yangragandan söng, bitiruvçilarga “leytenant” harbiy unvoni, diplom va kökrak nişonlari tantanali ravişda topşirildi.

Sözga çiqqanlar bitiruvçilarni samimiy muborakbod etib, keyingi xizmatida muvaffaqiyat va omadlar tiladi.

Özbekiston Mustaqilligining 28 yilligi arafasida qöşinlarga yöllanma olgan leytenantlar Qurolli Kuçlar şaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi ma'no-mazmunini tubdan özgartiriş, taktik, öquv maşqlarini puxta rejalaştiriş, ularni jangovar şaroitlarga imkon qadar töla yaqinlaştirgan holda olib boriş tizimini takomillaştiriş, harbiy xizmatçilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş borasida bor bilim va könikmalarini işga solib, özlarining munosib uluşlarini qöşişiga işonç bildirişdi.

Tantanali bitiruv marosimlari Mudofaa vazirligiga qaraşli Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti, Özbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtida ham bayramona va kötarinki ruhda ötkazildi.