Qonunçilikda ayollarga bir qator imtiyozlar berilgan bölib, ularning aksariyati mehnat qiliş böyiça huquqlarni ta'minlaşga qaratilgan. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanalida aytiladi.
Xususan:
1. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni işga qabul qilişni rad etiş va ularning iş haqini kamaytiriş taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uç yoşga tölmagan bolasi bor ayolni işga qabul qiliş rad etilgan taqdirda iş beruvçi rad etişning sabablarini ularga yozma ravişda ma'lum qilişi şart.
2. Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning işlab çiqariş normalari, xizmat körsatiş normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi işlaridagi örtaça oylik iş haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay işlab çiqariş omillarining ta'siridan holi bölgan işga ötkaziladi.
Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay işlab çiqariş omillari ta'siridan holi bölgan iş beriş masalasi hal etilgunga qadar, u ana şu sababdan işga çiqmagan barça iş kunlari uçun örtaça oylik iş haqi saqlangan holda işdan ozod etilişi lozim.
3. Ikki yoşga tölmagan bolasi bor ayollar avvalgi işini bajarişi mumkin bölmagan taqdirda, bolasi ikki yoşga tölgunga qadar avvalgi işidagi örtaça oylik iş haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay işlab çiqariş omillarining ta'siridan holi bölgan işga ötkaziladi.
4. Homilador ayollarni va ön tört yoşga tölmagan bolasi (ön olti yoşga tölmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi işlarga, iş vaqtidan taşqari işlarga, dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga va xizmat safariga yuborişga yöl qöyilmaydi. Şu bilan birga homilador ayollarni va uç yoşga tölmagan bolasi bor ayollarni tungi işlarga jalb qilişga bunday iş ona va bolaning soğliği uçun xavf tuğdirmasligini tasdiqlovçi tibbiy xulosa bölgan taqdirdagina yöl qöyiladi.
5. Uç yoşga tölmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan muassasalar va taşkilotlarda işlayotgan ayollarga iş vaqtining haftasiga öttiz beş soatdan oşmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
6. Homilador ayolning, ön tört yoşga tölmagan bolasi (ön olti yoşga tölmagan nogiron bolasi) bor ayolning, şu jumladan homiyligida şunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a'zosini parvariş qiliş bilan band bölgan şaxsning iltimosiga köra, iş beruvçi tibbiy xulosaga muvofiq ularga töliqsiz iş kuni yoki töliqsiz iş haftasi belgilaşga majburdir.
7. Ön tört yoşga tölmagan bitta va undan ortiq bolani (ön olti yoşga tölmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolğiz ota, yolğiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajraşganlar, yolğiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarning xotinlariga yillik ta'tillar, ularning xohişiga köra yoz vaqtida yoki ular uçun qulay bölgan boşqa vaqtda beriladi.
8. Ön ikki yoşga tölmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki ön olti yoşga tölmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uç iş kunidan kam bölmagan muddat bilan haq tölanadigan qöşimça ta'til beriladi.
Ön ikki yoşga tölmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki ön olti yoşga tölmagan nogiron bolasi bor ayollarga ularning xohişiga köra, har yili ön tört kalendar kundan kam bölmagan muddat bilan iş haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi. Bunday ta'til yillik ta'tilga qöşib berilişi yoki iş beruvçi bilan kelişib belgilanadigan davrda undan alohida (töliq yoxud qismlarga bölib) foydalanilişi mumkin.
9. Ayollarga tuqqunga qadar yetmiş kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tuğiş qiyin keçgan yoki ikki va undan ortiq bola tuğilgan hollarda – yetmiş kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tuğiş ta'tillari berilib, davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça nafaqa tölanadi.
Homiladorlik va tuğiş ta'tili jamlangan holda hisoblab çiqilib, tuğişga qadar amalda bunday ta'tilning neça kunidan foydalanilganidan qat'i nazar ayolga töliq beriladi.
10. Ayolga, uning xohişiga köra, bolasi uç yoşga tölgunga qadar bolani parvarişlaş uçun iş haqi saqlanmaydigan qöşimça ta'til ham beriladi.
Bolani parvarişlaş ta'tillari davrida ayolning iş joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta'tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda köpi bilan uç yil, şu jumladan mutaxassisligi böyiça iş stajiga ham qöşiladi.
11. Ikki yoşga tölmagan bolasi bor ayollarga, dam oliş va ovqatlaniş uçun beriladigan tanaffusdan taşqari, bolani ovqatlantiriş uçun qöşimça tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uç soatda bir marta har biri öttiz minutdan kam bölmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoşga tölmagan ikki va undan ortiq bolasi bölgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi.
Bolani ovqatlantiriş uçun beriladigan tanaffuslar iş vaqtiga kiritiladi va örtaça oylik iş haqi hisobi böyiça haq tölanadi.
Bolasi bor ayolning xohişiga köra, bolani ovqatlantiriş uçun beriladigan tanaffuslar dam oliş va ovqatlaniş uçun belgilangan tanaffusga qöşib berilişi yoki umumlaştirilib, iş kunining (iş smenasining) boşiga yoki oxiriga köçirilib, iş kuni (iş smenasi) şunga yaraşa qisqartirilişi mumkin.
12. Homilador ayollar va uç yoşga tölmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat şartnomasini iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilişga yöl qöyilmaydi, korxonaning butunlay tugatiliş hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat şartnomasi ularni albatta işga joylaştiriş şarti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni işga joylaştirişni mahalliy mehnat organi ularni işga joylaştiriş davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegişli ijtimoiy tölovlar bilan ta'minlagan holda amalga oşiradi.
13. Davlat organlari va boşqa budjet taşkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş uçun mas'ul bölgan homilador ayollar, bolani ikki va uç yoşgaça parvariş qiliş böyiça ta'tilda bölgan ayollar, ular işga çiqqandan keyingi birinçi yil davomida attestatsiyadan ötkazilmaydi.
14. Tegişli iş stajiga ega bölgan ayollar ellik tört yoşga tölganda pensiyaga çiqişi mumkin.
Mamlakatda Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi taşkil etilgan bölib, uning asosiy vazifalari xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şu jumladan, oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bölgan ayollarga moddiy yordam körsatiş, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandçilikni taşkil etişda, mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar böyiça bilim va könikmalarni egallaşda kömaklaşiş hisoblanadi.
Bundan taşqari qonunçilikka muvofiq, oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi. Bunda boşlanğiç badal (25%) maxsus fond yoki talabgor işlayotgan taşkilot tomonidan tölab beriladi.
Jinoyat qonunçiligiga köra ham ayollarga ayrim jazolarni qöllaş böyiça çeklovlar mavjud.
Xususan jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat işlari yoki axloq tuzatiş işlari homilador ayollarga, uç yoşga tölmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qöllanmaydi.
Bundan taşqari, homilador ayollarga va uç yoşga tölmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan unça oğir bölmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan köp bölmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin emas.
Şuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etişi jazoni yengillaştiruvçi holat sifatida hisoblanadi.












