Özbekiston tarixiy obidalar yurti desak mubolağa bölmaydi. Tarix çiğiriqlaridan ötgan bu osori atiqalar millat ötmişidan sözlaydi. Ular öz bağriga olgan har bir naqş, har bir ğişt, har bir yoğoç sizni öz davriga yetaklaydi. Tarixiy obidalar Özbekistondagi istalgan hududda topiladi. Ularning har birida öziga xos sir, öziga xos tarix yaşirin. Quyida sözlamoqçi bölganimiz tarixiy obidalardan biri Şahrisabz şahrida joylaşgan. Ming afsus bilan aytiş kerakki, u haqida juda köp ma'lumot mavjud emas. Bu “Malik Aştar” masjididir.

Şahrisabzliklar tilida “Malik Ajdar”ga aylanib ketgan “Malik Aştar” masjidining nomi arabça “Moliki uştur” sözidan kelib çiqqanligi aytiladi. Buning ma'nosi “Tuyador” bölib, ya'ni masjid, savdo karvonlarida qatnaydigan köplab tuyalarga ega bölgan boy tomonidan qurdirilgan. Çamasi, masjid qurilmasdan avval bu hududda VIII — X asrlarda ziyorat qilinadigan qadimiy dafina-qabr joylaşgan bölişi mumkin.

Hozirda “Malik Aştar” masjidi hovli atrofi böylab joylaşgan masjid va hujralardan taşkil topgan inşootlar majmuasidan iborat. Ularning eng ahamiyatlisi xonaqo bölib, gumbazi yaqin-atrofdagi uylarning tomlaridan balandroq. Me'moriy yeçimi mahalla masjidlariga xos.   Masjid binosi XIX asr oxiriga kelib töla şakllangan.