Keça, 3 iyul kuni Samarqand şahridagi harbiy qismda Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Aybek Saidov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan batalon taktik guruhi şaxsiy tarkibini pul mukofoti hamda qimmatbaho sovğalar bilan rağbatlantirdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Uşbu batalonlarda asosan xizmatga endigina çaqirilgan hamda 30 yoşdan oşmagan yigitlar xizmat ötaydi. Batalon şaxsiy tarkibining tayançi amaliy maşğulotlar hisoblanadi. Prezident ta'biri bilan aytganda, taktik guruhlarda asosan uylanmagan yoş harbiy xizmatçilar xizmat ötaşi közda tutilgan. Ular asosan ekipirovka, qurol-aslaha hamda oğir yuk qopi bilan uzoq masofalarga harakatlanib, manyovrlarni amalga oşiradi. Tungi maşğulotlar, jangovar texnikalarni haydaş könikmalari hamda yaşaş va xizmat muhiti jangovar şaroitlarga yaqin holatda ötadi. Şu sababdan qöllanilişi va vazifasi bilan farqlanadi.  

"Markaziy harbiy okrug barça okruglar içida ilğor bölişida uşbu batalonning alohida örni bor. Şu sababdan bugun ulardan 100 nafarini rağbatlantirdim", – deya ta'kidladi qömondon tantanali marosimda. – "Bu kabi rağbatlantirişlar har oyda böladi. Kim a'lo xizmat qilsa, şunga yaraşa mukofot oladi. Navoiy, Jizzax hamda Samarqand viloyatida joylaşgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofitserdan tortib, yoş oddiy askarlargaça e'tibordan çetda qolmaydi".

Şuningdek, tadbirda iştirok etayotgan turli mutaxassislik vakillari, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda hissa qöşayotgan nafaqadagi harbiy xizmatçilar, keksa avlod vakillari ham munosib taqdirlandi.