«Taraqqiyot strategiyasi» markazi import boj stavkalari oşirilişi - mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini zaiflaştirişi haqida maqola e'lon qildi.

«2019 yilning 3 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining import boj stavkalarini optimallaştiriş böyiça taklifi e'lon qilindi. Unda ta'kidlanişiça, mavjud bojxona bojlari stavkalari iqtisodiyotning real sektorini rivojlantiriş uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Ya'ni, tovarlarning importi foydali bölişiga xizmat qiladigan va işlab çiqariş korxonalari özlarining investitsion jozibadorligini yöqotib, tayyor mahsulotlar importiga yönaltirilgan vaziyat yuzaga kelgan.

Şundan kelib çiqib hamda köplab tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilar va işbilarmonlar bilan uçraşuvlar va davra suhbatlari orqali ötkazilgan muhokamalar natijalariga asosan, import boj stavkalarini qayta körib çiqiş va optimallaştiriş böyiça hukumat qarori loyihasi quyidagi tamoyillar asosida kelişib olingan:

- tabiiy xomaşyo va muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan tovarlar (don, un, ruda va metall konsentratlar) - 0 foizlik bojxona poşlinasi stavkasi;

- xomaşyo tovarlari; respublikada işlab çiqarilmaydigan mahsulotlar; ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar; oxirgi 3 yil içida import qilinmagan mahsulotlar - 2 foizdan 5 foizgaça;

- tabiiy va iqlim şaroitlaridan kelib çiqib, işlab çiqarilişi samarasiz yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanadigan yarim tayyor yoki tayyor mahsulotlar, mamlakatda işlab çiqarilayotgan va qayta işlanayotgan, ammo mavjud talablarga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlari, işlab çiqariş hajmi ortib borayotgan tovarlar, inson salomatligiga salbiy ta'sir körsatadigan oziq-ovqat mahsulotlari - 10 foizdan 15 foizgaça;

- yetarli miqdorda işlab çiqarilayotgan va eksport qilinayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari; respublikadagi iste'mol talabini qoplaydigan hajmda işlab çiqarilayotgan yakuniy iste'moldagi tayyor mahsulotlar, inson salomatligiga salbiy ta'sir körsatadigan haşamat uçun iste'mol qilinadigan va birinçi örinda zarur hisoblanmaydigan mahsulotlar - 20 foizdan 30 foizgaça.

Şu bilan birga, respublikada işlab çiqarilmaydigan 197ta tovar uçun boj stavkalarini pasaytiriş rejalaştirilmoqda. Jumladan, 89ta tovar pozitsiyasida - 5 foizdan 2 foizgaça, 79tasida - 10 foizdan 5 foizgaça, 7tasida - 20 foizdan 2 foizgaça bojxona poşlinasi tuşirilişi közda tutilmoqda. Bundan taşqari, bozor kon'yukturasi şaroitlarini hisobga olgan holda 2 818ta tovar uçun bojlar miqdori özgarişsiz qoldirilmoqda.