Özbekistonda antidemping çoralarini qöllaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari işlab çiqiladi.

Loyihada sifatsiz va demping narxdagi import mahsulotlarga nisbatan antidemping çoralarini qöllaş hamda bojxona boji stavkalarini qayta körib çiqiş nazarda tutiladi.

Qonun va qaror loyihalari 2026-yil noyabr oyida tayyor bölişi kerak.

Uşbu topşiriq – prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga oid farmonida nazarda tutilgan.

Topşiriq ijrosi uçun boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev va boşqalar masʼul etib belgilangan.

Antidemping çoralari – çet eldan keltirilayotgan tovarning sunʼiy ravişda juda arzon narxda sotilişi natijasida mahalliy işlab çiqaruvçilar zarar körayotgan bölsa, ularni himoya qiliş uçun hukumat qöllaydigan savdo çoralari demakdir.

2023-yil dekabr oyida boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi hukumat komissiyasining bayonnomasi bilan, maişiy texnika importiga taxminan 10 foizlik antidemping bojlari örnatiş böyiça takliflar işlab çiqilişi belgilangan edi.

“Özeltexsanoat” uyuşmasi 2024-yil yanvar oyida bayonot berib, örganiş xulosalariga köra antidemping bojini kiritiş reja qilinmaganini bildirgan edi.