Kanada tajribasidan foydalangan holda, Özbekistonda aholi daromadlaridan kelib çiqib, gaz va elektr energiyasi uçun tabaqalaştirilgan narxlarni qöllaş taklif qilindi.

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi, moliya-energetika organlari va jurnalistlar iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida iştirokçilar tomonidan aholining boy va kam ta'minlangan qatlamlari uçun alohida ta'riflar bölişi kerakligi taklif qilindi.

Unga köra, kam ta'minlangan aholi daromadlarining 40-50 foizi turli soliq va tölovlar uçun işlatilayotganligi sababli, ularning real daromadlari kamayib ketayotganligi, buning oldini oliş va kam daromadli oilalarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida gaz va elektr-energiyasi uçun tölovlar daromadga qarab belgilanişi kerakligi ta'kidlangan.

Energetika vazirligi vakili Farrux Hasanovning ma'lum qilişiça, bu masala böyiça işlar boşlab yuborilgan bölib, Toşkent şahri Yunusobod tumanida sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etilgan. Bunda aholining örtaça elektr sarfi (300 kVt) hisoblab çiqilgan va normadan köp elektr işlatgan xonadonlardan köproq tölov olinişi mumkin.

Mutasaddilarning aytişiça, aholi tomonidan elektr energiyasi isrof qilinişining oldini oliş maqsadida elektr narxini oşiriş va kam daromadli aholiga tölovlarni öz vaqtida tölaşiga kömaklaşiş uçun ularga yordam puli ajratiş ham közda tutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni bölib ötgan birinçi yarim yillikda davlat budjetiga tuşumlar natijadorligini tahlil qiliş va yangi vazifalarni belgilaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi energiya resurslari tariflarini optimallaştiriş masalasi ham körib çiqilgandi.