Dastlabki beştalikni Xiaomi va OnePlus flagmanlari band etişgan.

AnTuTu standart bençmarki mutaxassislari dunyo bozorida sotilayotgan eng kuçli 10ta Android-smartfon röyxatini e'lon qilişdi.

Reytingni örtaça 371 000dan yuqori balni taşkil etgan holda OnePlus 7 Pro boşqarib bormoqda.

Keyingi örinda hali ham aktualligini yöqotmayotgan Xiaomi Mi 9 flagmani bormoqda. Uçinçi poğonada esa öyin smartfoni Black Shark 2 joylaşgan. Redmi K20 Pro va OnePlus 7 mos ravişda 4 va 5 örinlarda. Ularning barçasi yetakçidan bir neça ming balga ortda qolişmoqda.

Uşbu röyxatning oltinçi poğonasida şu yilning fevralida taqdimoti bölib ötgan Sony Xperia 1 flagmani paydo bölişini noodatiy holat desa böladi. Sony'ning yangiliklari AnTuTu reytinglarida noyob sanaladi. LG V50 ThinQ 5G haqida ham şu gapni aytiş mumkin, u yettinçi qatorda joylaşgan.

Önlikni Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820), Galaxy S10 5G (Exynos 9820) va Galaxy S10 (Exynos 9820) yakunlab bergan.

Samsung Galaxy S10 5G va Galaxy S10+ / androidcentral.com

Uskunalar qarşisidagi ball — eng yuqori körsatkiç emas, örtaçasi keltirilgan. Hisoblaşlar har bir modelning 1 000dan ortiq qurilmasida 2019 yilning 1-30 iyun kunlarida ötkazilgan sinovlar natijasidir.