San-Marino — Janubiy Yevropada joylaşgan davlat. U Italiya bilan örab olingan va dunyodagi eng kiçik davlatlardan biri ekani bilan maşhur. Poytaxti ham mamlakati kabi bir xil nomda. Rasmiy til deb italyan tili tan olingan. 2018 yil holatiga köra, aholi soni 33 344 kişini taşkil etgan.

San-Marinoning iqtisodiy siyosati Yevropa Ittifoqining siyosatiga öxşaş. Biroq davlat YeIning a'zosi emas. 2017 yilda YaIM 2 milliard dollarga yaqin körsatkiçni taşkil etgan. Qayta işlaş va qazilma xom-aşyolarni qazib oliş sanoati, turizm va bank sohasi iqtisodiyotning asosiy sohalari hisoblanadi. 2018 yilda mamlakatdagi işsizlik körsatkiçi 8,2 foizni qayd etgan.
Sanoat

Iqtisodiyotning ahamiyatli uluşini qayta işlaş sanoati egallagan. Keramik plita, quriliş materiallari, vino, spirtli içimliklar, kiyim-keçak, mebel, mato, böyoq va elektronika işlab çiqariş katta qismni taşkil etuvçi yönalişlar hisoblanadi. Asosan spirtli içimliklar, vino va böyoqlar eksport qilinadi. Bundan taşqari, mamlakat hududida ohaktoş va toş faollik bilan qazib olinadi. Ohaktoş koni San-Marino asosçisi, Avliyo Marindan davlatga ötgan.
Xizmat körsatiş sohasi
Xizmat körsatiş sohasini turizm va bank sohasi taşkil etadi. Mamlakatdagi turizm sanoati yuqori darajada joylaşgan. Har yili San-Marinoga 3,5 mln sayyoh taşrif buyuradi, bu esa örtaça 860 million dollar keltiradi. Harakatlaniş vositalari, restoran va transportdan taşqari tarixiy tanga va markalar savdosi ham daromad keltiradi.

San-Marinoga «Osuda Respublika» nom berişgan, çunki u öz mehmonlariga tinç, sokin, hamda ğaroyib muhitdan bahra oliş imkonini beradi. Asosiy obidalari: San-Marino uç minorasi, Monte-Titano, San-Marino bazilikasi, Milliy muzey, Nodir buyumlar muzeyi, Mumdan işlangan haykallar muzey, monastir va San-Fransisko badiiy galereyasi.

Bank sohasi italyan bank tizimi, şuningdek, davlat tuşumlarining katta manbasi sanaladi. Sektorning ösişi va rivojlanişi kompaniyalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlari va imtiyozli foiz stavkalariga asoslanadi. Biroq qarzdorlarda qarz miqdorining ösişi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Qişloq xöjaligi

2011 yilda qişloq xöjaligi uçun foydalaniladigan yer miqdori jami maydonning 16,7 foizini taşkil etgan, bu 61,2 kvadrat kilometr deganidir. Fermerlar meva va boşoqli mahsulotlarni yetiştiriş bilan şuğullanadilar. Bundan taşqari, çorvaçilik ham rivojlangan. Köp fermerlar çöçqa, qöy, ot va yirik şoxli qora molni boqiş bilan şuğullanadilar. Uşbu faoliyatdan ular asosan mol göşti, teri va pişloq olişadi.











