Mamlakatning Italiyadagi elçixonasi ma'lumotiga köra, hujjatni Özbekiston tomonidan elçi Otabek Akbarov, San-Marino tomonidan esa uşbu davlatning Italiyadagi elçisi Daniela Rotondaro imzoladi.
Ikki mamlakatda içki protseduralar ötkazilgandan söng, mazkur hujjat kuçga kiradi va San-Marino Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 136-davlat böladi.
San-Marino dunyodagi eng kiçik davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat tört tomondan ham Italiya bilan çegaradoş. San-Marino aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot körsatkiçi böyiça (2020 yil – 56 ming 690 dollar) dunyodagi eng boy mamlakatlardan biridir.
Elçi Daniela Rotondaroning fikriga köra, ikki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va soğlom ovqatlanişni ta'minlaş hamda kambağallikni bartaraf etişda birgalikda işlaşi mumkin.
Şuningdek, u özaro munosabatlarni savdo-iqtisodiy hamkorlik orqali rivojlantirişdan manfaatdorligini qayd etdi. Xususan, elçining sözlariga köra, San-Marino investitsiyalarni özaro himoya qiliş va rağbatlantiriş, ikki tomonlama soliqqa tortmaslik töğrisidagi şartnomalarni işlab çiqiş va imzolaşga tayyor.












