Toşkent markaziy temir yöl vokzalida «Öztemiryölyölovçi» AJ hamda 15 dan ziyod turistik kompaniyalar mutasaddilari iştirokida sayyohlarga qöşimça qulayliklar yaratiş masalasida tadbir bölib ötdi.

Unda «Öztemiryölyölovçi» AJ rahbariyati tomonidan iştirokçilarga tizimda amalga oşirilayotgan islohotlar, yölovçilarga yaratilayotgan qulayliklar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma'lumotlar berildi. Jumladan, «Öztemiryölyölovçi» AJ tomonidan 5 yilga möljallangan konsepsiya işlab çiqilgan bölib, joriy yil oxiriga qadar 50 ta yangi, barça qulayliklarga ega bölgan yölovçi vagonlari sotib olinadi. 2020 yilda esa xorijdan yana 2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvçi «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi hamda qöşimça 4 ta ekonom klass vagoni olib kelinadi. Ta'kidlanişiça, ayni kunda respublikadagi mavjud vokzallarda, ayniqsa, sayyohlar köp taşrif buyuruvçi qadimiy şaharlar vokzallarida yölovçilar uçun barça qulayliklar yaratilgan. Bundan taşqari, Xiva vokzalining yonida zamonaviy «Xiva-Lokomotiv» mehmonxonasi qurib foydalanişga topşirildi. Joriy yil sentabr oyigaça uşbu xududda yana ikkita zamonaviy mehmonxonaning qurilişi tugatilib, foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.
Muloqot çoğida tur-kompaniyalar mutaxassislari özlari duç kelayotgan dolzarb masalalar, çipta xarid qiliş, çiptalarni oldindan bron qiliş, servis xizmatlari kösatiş kabi masalalar yuzasidan fikr mulohazalar va öz takliflarini bildirdilar.

«Öztemiryölyölovçi» AJ rahbariyati bu masala yuzasidan atrofliça söz yuritib, tur-kompaniyalar faoliyatini yanada yengillaştiradigan qator yangiliklar haqida ma'lumot berib ötdi. Yaqin kunlarda foydalanuvçilar sayt orqali elektron tijorat operatsiyalarini osonlik bilan amalga oşirişlari mumkin böladi.
Yana bir muhim yangiliklardan biri saytda turistik kompaniyalarning şaxsiy kabineti böladi. Tur-kompaniyalar öz mijozlariga çipta buyurtma qiliş uçun kassaga kelişlariga hojat qolmaydi. Töğridan-töğri onlayn röyxatdan ötkaziş imkoniyati yaratiladi.

2018 yil avgust oyidan boşlab, Toşkent markaziy vokzalidagi çiptaxonada, sayyohlik agentliklariga pul ötkazmalari orqali çipta sotib olişlari uçun alohida kassa işga tuşgan. Uşbu kassa orqali ötgan yilning özida 250 dan, joriy yilning ötgan davri mobaynida esa 150 dan ortiq sayyohlik firma va kompaniyalari bilan şartnomalar tuzilib, hamkorlik qilinmoqda.





