"Öztemiryölovçi" AJ sayyohlarga xizmat körsatiş uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş va "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari işini yengillaştiriş imkonini beruvçi "Şarq" elektr poyezdlari tarkibidagi qöşimça vagonlarni taqdim etdi. Taqdimot turi doirasida "Özbekiston temir yöllari" va Özbekiston xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi (XSTU) vakillari "Şarq" poyezdida turistlarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşga doir keyingi qadamlarni muhokama qilişdi. XSTU matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Ta'kidlaş joizki, joriy yilning avgustida turoperatorlar "Öztemiryölovçi" AJ rahbariyati bilan uçraşuvda temiryölçilarga ularning faoliyatida yordam berişi mumkin bölgan bir neça taklif kiritişgan edi. Xususan, turistik operatorlar Toşkent va Buxoro örtasida harakatlanuvçi "Şarq" poyezdlari tarkibini yangilaş va oşiriş imkonini qayta körib çiqişni söraşgandi. 

"Buxoroga boruvçi sayyohlar oqimining oşişi kuzatilmoqda. Xorijiy mehmonlar bu şaharga köproq sayohat qilişmoqda. Biz maktab öquvçilari, mehnat jamoalari uçun kasaba uyuşmalari xatiga binoan sayohatlar taşkillaştiryapmiz, - deya vaziyatga izoh beradi Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi vakili Zulfiya Nurmatova. - Temir yöllari - Toşkentdan Buxoroga borişning eng optimal transfer usullaridan biri. Sayohatlarni taşkillaştiriş nuqtai nazaridan eng optimal variant "Afrosiyob" poyezdi hisoblanadi, biroq sönggi vaqtlarda u haddan ziyod yuklangan va unga çipta xarid qiliş juda qiyin. Muqobil variant - "Şarq" poyezdlari yordamga keladi, lekin oxirgi vaqt unga çipta topiş ham qiyin bölib qoldi".

Yuzaga kelgan vaziyat yeçimlaridan biri "Şarq" poyezdi tarkibidagi vagonlar sonini oşirişdir. Temiryölçilar rejasiga köra, poyezd umumiy hisobda 240 yölovçini siğdira oluvçi 5 vagonga köpayişi kerak. Har birida 48 tadan örin bölgan tört vagon poyezd tarkibida harakatlanmoqda. Bu vagonlar ötiriş joylari bölgan 6 örinli kupedan iborat. Yaqin orada poyezd tarkibiga 36 örinli yana bir vagon qöşiladi. U biznes-toifadagi yölovçilarga xizmat körsatişga möljallangan. 

"Şarq" poyezdi tarkibida harakatlanuvçi yangilangan vagonlarning ilk yölovçilari orasida taqdimot turi iştirokçilari - "Özbekiston temir yöllari"ning yetakçi xodimlari, XSTU hamda çipta sotuvçi kassalar, şuningdek OAV vakillari ham bor edi. Safar davomida XSTU va "Özbekiston temir yöllari" vakillari "Şarq" poyezdida xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş masalalarini muhokama qilişdi.