Özbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga çeklovlar joriy etiladi. Bu haqda «Öztemiryölovçi» kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, harorat kötarilişi oqibatida yer usti temir yöllarining relslari hamda ularning pölat qismlarida harorat juda yuqori böladi. Şu bois, yölovçilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida poyezdlar harakat tezligiga çeklovlar örnatiladi.
«️Harakat tezligiga çeklovlar örnatilgan poyezdlar sovitiş tizimining işlaş quvvati ham pasayişi mumkin. Kompaniya öz mijozlaridan anomal issiqlik tufayli yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr söraydi», — deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq havo isişi sababli Toşkent metropolitenining yerusti yönalişlarida ham harakat tezligi pasaytirilişi ma’lum qilingandi. Relslar harorati +60 daraja bölganda, tezlik 40 km/soatdan, +65 darajada 25 km/soatdan oşmaydi.








