Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster univesiteti (TXVU) mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, o‘z bilim doiralarini kengaytirishni istagan talabgorlarga magistratura kurslarida tahsil olish imkoniyatlarini beradi. Magistratura kurslarining moslashuvchan jadvali - kunduzgi va kechki darslarning mavjudligi talabalarga o‘quv va ish faoliyatini birdek olib borishga imkon yaratadi.
Toshkent shahridagi Halqaro Vestminster universiteti Biznes boshqaruvi, Tijoriy xuquq, Amaliy iqtisodiyot va O‘qituvchilarni malakasini oshirish maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura kurslarini taklif etadi.
Quyida magistratura talabalari va bitiruvchilari nega aynan TXVU magistratura dasturida o‘qishni tanlaganliklarini so‘zlab berishdi.

Shahnoza Mirhaydarova, magistraturaning Xalqaro Biznes Boshqaruvi yo‘nalishi talabasi
Men logistika kompaniyasiga rahbarlik qilaman va menedjyer sifatida men avvalo xodimlarni ishga olish va jamoa bilan munosabatlarni qanday to‘g‘ri tashkil etishni bilishim kerak. Bu borada menga magistraturaning birinchi yilida o‘tilgan Kadrlarni boshqarish fani juda katta yordam berdi. Qo‘lga kiritilgan bilimlarni amalda sinash orqali korporativ madaniyat darajasini hamda ishchilarni rag‘batlantirish tizimini oshirishga muvaffaq bo‘ldim va bu o‘z navbatida xodimlarimning samaradorligini oshirishga yordam berdi. Bundan tashqari, Biznes boshqaruvi dasturidan o‘rin olgan marketing fani ham o‘z sohamni chuqurroq tushunishga va bozorning o‘rganilmagan qirralarini topishda katta rol o‘ynadi.
Toshkent shahridagi Vestminster universitetini magistratura uchun tanlaganimning yana bir asosiy sababi bu o‘quv dargohida o‘ziga xos bo‘lgan iliq va do‘stona muhitdir. O‘qituvchilarning interaktiv o‘qitish usullarini qo‘llashi, ularning talabalar bilan ochiq muloqotga doim tayyorliklari talabalarni ular bilan bo‘ladigan muloqotida qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shaxsan men bu narsani universitet tanlovida eng muhim omil deb hisoblayman.

Alisher Suyunov, magistraturaning Amaliy Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchisi
TXVU talabalarga mustaqil o‘qish va rivojlanishi uchun ajoyib muhit yaratib beradi. Ma'ruza va darsliklarni o‘qitish tezligi talabalarning o‘rganish salohiyati tezligiga qarab tartibga solinadi va bu o‘z navbatida talabalarda amaliy ko‘nikmalar paydo bo‘lishini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonida siz tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirasiz, bu esa nostandart yechimlarni topishda, mavjud ijodiy ko‘nikmalarni yaxshilashda yordam beradi. Chunki siz narsalarga turli nuqtai nazardan qarashga, ma'lumotlar manbaining haqiqiyligidan tortib to fuqarolarning hayotiga va ularning farovonligiga ta'sir qiluvchi har bir qarorning potensial samaradorligini tahlil qilishga o‘rganasiz.

















