Hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha biroz iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deya xabar berdi Oʻzgidromet.

Havo harorati sentabr oyi oʻrtasiga xos boʻlgan iqlimiy meyorlarga yaqin boʻlib, kechalari +13…+18 daraja, kunduz kunlari +28…+33 daraja, janubda +35…+37 daraja boʻladi.

Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysining ayrim joylarida 16-sentabr, chorshanba kuni biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Shamol 7−12 metr/soniya tezlikda esadi, 16-sentabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13−18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 14−17-sentabr kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Toshkent shahrida 14−17-sentabr kunlari havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +15…+18 daraja, kunduz kunlari +30…+33 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi.