Janubiy Koreya Rossiya bombardimonchisi sabab ogohlantiruv o‘ti ochdi. Yaponiya Moskva va Seulga protest bildirdi
Rossiyaga qarashli bombardimonchi samolyot Janubiy Koreya havo hududiga bostirib kirdi. Bu haqda «Ryonxap» axborot agentligi Janubiy Koreya shtablar boshliqlari qo‘mitasiga tayangan holda xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Rossiya jangovar samolyoti Janubiy Koreyaning Yapon dengizi uzra havo hududidan ikki marta uch daqiqali parvozni amalga oshirgan. Shu sababli Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligi qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi, ular ogohlantiruv o‘ti ochgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi izohida aytilishicha, mamlakat samolyotlari xalqaro qoidalarga muvofiq tarzda rejalashtirilgan parvozni amalga oshirgan.
Vazirlik versiyasiga ko‘ra, Tokto orollari (Takesima) hududida ularga Janubiy Koreyaning ikkita qiruvchi samolyoti yaqinlashib, strategik raketa tashuvchilar kursini kechib o‘tgan holda xavfsizligiga tahdid tug‘dirgan.
Mudofaa vazirligidan ta'kidlashlaricha, janubiy koreyalik uchuvchilar Tu-95MS ekipajlari bilan aloqaga kirishmagan, so‘ng issiqlik tuzoqlarini o‘qqa tutgan va Rossiya samolyotlaridan uzoqlashgan.
Bayonotda qayd etilishicha, raketa tashuvchilarning yo‘nalishi, xalqaro qoidalarga ko‘ra, Tokto orollaridan 25 km uzoqlikda, rejadan chetga chiqmagan holda o‘tgan. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ta'kidlashicha, Rossiyaning Tu-95MS samolyotlari Janubiy Koreya havo hududini buzmadi.
O‘z navbatida, Yaponiya Rossiya va Janubiy Koreyaning Yapon dengizi uzra havo hududidagi mojarosidan noroziligini bildirdi. RIA Novosti yozishicha, Yaponiya hukumati ushbu hudud o‘ziga tegishli ekani hamda unda shunga o‘xshash mojarolar qabul qilinishi mumkin emasligini bildirgan.
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
19:55 / 23.12.2024