Transfer bozorining avj pallasida fransiyalik yarimhimoyaçi, jahon çempioni Nebil Fekirning «Betis»ga ötgani köpçilikning hayron qoldirgan bölsa kerak. Yöq, andaluslar jamoasini biror şayx sotib olmadi, bu yerda Fekir uçun atigi 20 million yevro tölanişi qiziqroq. Axir ikki yil oldin bu futbolçi uçun «Arsenal» juda katta summadan voz keçişga tayyor bölgan, ötgan yili esa, «Bavariya», «Çelsi» kabi top-klublar qiziqiş bildirib, hatto «Liverpul» 52 million funtga deyarli sotib olgandi. Fekirga bölgan qiziqişning pasayişi, uning transfer qiymatidagi bu qadar özgarişning sababi nimada?
Barbod bölgan transfer
«Liverpul» ötgan yilning bahoridanoq Fekirni qiziqişni boşlab yuborgandi. Koutinoning jamoani tark etişi bilan esa, liverpulliklar oldingi çiziqda kreativ futbolçiga ehtiyoj sezişardi. «Lion» sardori Klopp talablariga juda mos kelardi. Bundan taşqari, Fekirning ham aldamçi töqqizlik, ham yarim himoyaning turli qanotlarida öynay olişi transferning hal bölişiga şubha qoldirmasdi.
Futbolçining özi Klopp jamoasiga ötişni istagan, «Liverpul» tomonidan taklif etilgan summa «Lion» prezidenti Jan Mişel Olasni qoniqtirgan. Ingliz klubi mediklari Fransiya terma jamoasi bazasiga kelib, futbolçining tibbiy körigini ötkazmoqçi bölişadi. Hatto Nabil «Liverpul» klubi rasmiy kanaliga intervyu berişga ham ulgurdi – ammo bir lahzada barçasi muzladi. Sabab esa, körik natijalari edi.
«Liverpul»ga yaqin manbalarning aytişiça, klub Fekirning tizzasi bilan boğliq jarohat qaytalanişi riskidan qörqqan va qarorini özgartirgan. Futbolçi 2015 yilning sentyabrida tizzasidan jarohat olgan va deyarli bir mavsumni ötkazib yuborgandi. Insaydlarning xabar berişiça, xuddi şunday keyingi jarohat futbolçining faoliyatiga nuqta qöyişi mumkin bölgan.
Professional vraçlarning xulosasi qisqaça şunday bölgandi:
- 2015 yildagi jarohatdan söng Fekir maydonga juda tez – 7 oydan keyin qaytgan. Tiklaniş jarayonini tezlaştiriş qayta jarohatlaniş riskini orttiradi.
- Bunday jarohatdan söng, qayta xuddi şunday jarohatlaniş foizi – 25. Xuddi şu tizzadagi takrorlaniş ehtimoli esa, 20 foiz.
- 2016 va 2018 yillarda Fekirda xuddi şu tizzasi bilan boğliq muammolar kuzatilgan. 2018 yilda Fekir «tizzasidan lat yeyiş» sababi bilan yetti öyin ötkazib yuborgan. Vraç bu yerda ham şubhalanadi, çunki şunçaki lat yeyiş bilan 7 hafta ötkazib yuboriş töğri emas, öşanda yanada oğirroq, suyaklar bilan boğliq sabab bölgan.
Natijada, «Liverpul» transferdan voz keçdi va «Lion» rasman bu haqida e'lon qilişga majbur böldi.
«Liverpul»ni tuşunsa böladi, har qanday biror kunda oğir jarohat olişi mumkin bölgan futbolçiga 52 million funt tölaş töğri kelmaydi. Buning ustiga APLdagi öyin uslubi va futbolçilarning jarohatga moyilligi ham bu riskni oşirişi mumkin.
Pasayiş
Şundan söng, Fekir terma jamoa bilan birgalikda Rossiya-2018 turniriga yöl oldi va jami bölib 70 daqiqa maydonda harakat qildi, jahon çempioniga aylandi. Mavsum ham yomon boşlanmadi – «Lion» safarda «Mançester Siti»ni yengdi va Fekir bir gol va assistni öz hisobiga yozib qöydi. Hammasi bölib, ötgan mavsumda futbolçi hisobida 12 gol va 9 assist bor – klubda Dembele va Depaydan keyingi 3-körsatkiç.
Ammo endi, Fekir ötişi mumkin bölgan top klublar sifatida faqat «Arsenal» va «Napoli» gapirila boşlandi. Transfer qiymati ham 52 milliondan, taxminan, 20-30 millionga tuşib ketdi. Sabablar yetarliça.
Birinçidan, «Liverpul»ning qarori boşqa ingliz top-klublarini ham xavotirga solib qöydi. Futbolçining tibbiy körikdan ötolmasligi – kam uçraydigan voqea. Içki manbalar orqali inglizlar barçasini suriştirgan bölişlari tabiiy. Aytiş mumkinki, Angliyadan Fekirga talabgor topilmadi.
Ikkinçidan, Fekirning joriy şartnoma muddatiga atigi bir yil qolgandi. Ötgan yili Jan Mişel Olas ustunlik bilan muzokaralar olib borişi mumkin bölgandi, endi esa, futbolçini bir yil ötib tekinga qöyib yuboriş xavfi bor. Töğri, şartnomani yangilaş haqida ham gap borgandi, lekin klubning özi futbolçini sotmoqçi bölgani va agentlarga uni turli klublarga taklif qilişga körsatma bergani haqiqatga yaqinroq xabarlardir.
Uçinçidan, Fekir u qadar barqaror futbolçi emas va uning sport formasida pasayişlar tez-tez kuzatiladi. «U barqaror emas, balki şu sabab top-klublarning qiziqişini söndirgan bölişi mumkin. Unday jamoalarga doim 10 balldan 8 ballik bahoda öynaydigan futbolçilar kerak, Fekir esa, unday emas», – degandi Fransiya terma jamoasining sobiq himoyaçisi Villi Sanol.
Köpçilikning qayd etişiça, Nabil ötgan mavsumni avvalgisidan sezilarli ravişda yomonroq ötkazgan. 2017/18 yilgi mavsumda u 23 gol muallifi bölgan va 8 marta şeriklariga gol urişda yordam bergan bölsa, bu yilgi körsatkiçlar, yuqorida aytib ötilganidek, pastroq. Bu faktor ham boşqa keltirilgan sabablar bilan birlaşib, Fekirning narxini mantiqan oçiqlaydi.
Şuning uçun ham Olas 30 emas, 20 millionga rozi böldi, futbolçi esa, «Bavariya» emas, «Betis» a'zosiga aylandi.
Hammani rozi qilgan transfer
Kike Seten boşqaruvidagi «Betis» ötgan yili La Ligada 10-örinni oldi, ammo ba'zi pallalarda juda sifatli öyin körsatdi. Pep Gvardiola «Barselona»sining töpni nazorat qiliş rekordini yangiladi, masalan, şuningdek, «Kamp Nou»da avtobus qöymasdan turib, ğalaba qozondi. Hujumkor «Lion»dan hujumkor «Betis»ga ötiş Fekir uçun qulay. Töğri, endi jamoani Seten emas, «Espanol»dan taklif etilgan Rubi boşqaradi.
«Lion» futbolçi uçun u qadar köp bölmasa-da, yaxşigina pul oldi. Şundoq ham «Lion»da yangilaniş davri boşlanyapti va yarimhimoya Usoma Auar atrofida qurilişi rejalaştirilmoqda. «Liverpul» Fekir varianti yöq bölgaç, aynan Auarga qiziqqan, lekin «Lion» taklifni rad qilgandi. Ndombele va Fekirning sotilişi Auar tufayli oğriqsiz keçişi mumkin.
«Betis» esa, aslida bugungi bozor uçun arzimagan summa (19.75 million yevro + 5-10 million atrofidagi bonuslar) evaziga yuqori saviyadagi futbolçini qölga kiritdi. Masalan, «Liverpul» xuddi şu pulga yanada köproq jarohat oladigan hujumçi Denni Ingsni sotişga muvaffaq böldi, «Lion» esa, «Sampdoriya»dan himoyaçi Andersenni sotib oldi.
Bu transfer orqali, klub Jovanni De Çelsodan ayrilişga ham tayyorlab qöydi. Maurisio Poçettino bu futbolçi bilan qattiq qiziqib qolgan va 50-60 million yevro evaziga uni Londonga olib ketişga tayyor. «Betis» esa, uç barobar arzonroq narxga iqtidor jihatidan undan kam bölmagan Fekirni qölga kiritib böldi.
Fekirning özi ham bu transferdan yutişi aniq. U Lionda haftasiga 80 ming yevro olardi, «Betis»da esa, uning maoşi haftasiga 150 ming yevroni taşkil qiladi. Şuningdek, apreldan boşlab futbolçining agenti bölib otasi – Muhammad Fekir işlamoqda. Demak agentlik haqlari ham «begona bölmaydi». Yana aytişlariça, uşbu transferning yana bir şarti – Nabilning ukasi Yassinning ham «Betis»ga köçib ötişi ekan. U «Lion» safida 2015 yildan beri atigi 21 daqiqa maydonga tuşgan, xolos.









