19-avgust kuni soat 16:30 lar atrofida Yaşnobod tumanida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2003-yilda tuğilgan haydovçi BYD Han rusumli avtomobilda Maxtumquli köçasidan Istiqlol köçasi tomon S.Azimov köçasi böylab harakatlanayotgan vaqtda rul boşqaruvini yöqotgan.
Oqibatda avtomobil yöl örtasidagi metall ustunga borib urilgan.
Rasmiy xabarda hodisa oqibatida jabrlanganlar bor-yöqligi haqida ma’lumot keltirilmagan.
Ayni paytda holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
YHXB haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.











