Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 22-avgust kuni soat 06:47 da Qiziloʻrda viloyati, KAZ06 davlat ahamiyatidagi «Qorabutak – Qiziloʻrda – Chimkent» avtomobil yoʻlining 1831-1836-kilometrida Birkazan tumanida harakatlangan Nexia-2 va KamAZ toʻqnashib ketgan.

YTH oqibatida Nexia-2 salonida boʻlgan 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila aʼzolariga har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrmoqda», deyiladi FVV xabarida.