Har yili tekşiruvlardan ötib turmaslik uşbu xavfli kasallik juda keç aniqlanişiga olib keladi.
Ateroskleroz nima?
Qon tomirlari (arteriyalar) tananing barça qismlariga kislorod va ozuqa moddalar yetkazib beradi. Ba'zida tomirlarda yoğ töplanişlari — toşmalar paydo böladi. Ular tufayli tomirlar torayib boradi, qattiqlaşadi, organlarga qon va kislorod yetkazib beriş qiyinlaşadi. Ateroskleroz kasalligi aynan şuning özidir.

Ateroskleroz qanday aniqlanadi?
Aksariyat kişilar alomatlar köriniş bermagani sababli kasallikdan bexabar bölişadi. Aterosklerozni ilk bosqiçlarda mustaqil aniqlaşning aslo iloji yöq. Heç bölmaganda yilda bir marta organizmni töliq tekşiruvlardan ötkazib turmaslik oqibatida kasallik oğir darajaga yetişi va yoğ qatlamlari qon aylanişini tösib qöygandagina undan boxabar böliş mumkin.
Örta va oğir darajadagi ateroskleroz alomatlari aynan qaysi tomirlar zarar körganiga qarab farqlanadi. Şifokorlarning sözlariga köra, tez-tez uçrab turuvçi uşbu xastalik birdaniga bir neça organ qon tomirlariga ta'sir qiladi.
Yurak qon tomirlarida
Kökrak qafasida bosim va noqulaylikni seziş mumkin. Oğriq orqa tomon, böyin, yelka, qöl va tirsaklarga ötişi ham köp kuzatiladi. Yana şuningdek nafas qisişi, aritmiya (yurak urişi tezlaşişi), uyqusizlik va kuçli çarçoq hissi ham paydo böladi.
Boş miya tomirlarida
Asosiy alomatlari — tösatdan qotib qoliş yoki qöl- oyoqlarda holsizlik, nutq çalkaşişi, ya'ni, tuşunarsiz gap-söz, vaqtinça köriş qobiliyati sustlaşişi, boş aylanişi, yurganda noaniq qadam taşlaş, kuçli boş oğriği, huşdan ketiş.
Qöl-oyoq tomirlarida
Organizmning bu qismlaridagi arteriyalar qisqarsa, asosan harakat davomida oğriq va uvişiş kuzatiladi.
Buyrak tomirlarida
Buyrak arteriyalaridagi yoğ toşmalari buyrak yetişmovçiligi rivojlanişiga olib kelişi mumkin. Uning asosiy belgilari: kuçsizlik, iştaha yöqolişi, köngil aynişi, juda tez yoki kam siyiş, qöl-oyoqlarda şiş, fikrni jamlaş bilan muammolar, teri qiçişişi.








