28 iyul kuni Rossiyaning taniqli muxolifatçisi, Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi asosçisi Aleksey Navalniy şifoxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Meduza.
Hozirda, muxolifatçi №64 sonli şifoxonaning terapiya bölimida davolanmoqda. Şifokorlar uning olib kelinişi sabablariga oydinlik kiritişni rad etişgan, KQF matbuot kotibi Kira Yarmiş Navalniyda «kuçli allergiya» ekanini ma'lum qilgan.
«Bugun ertalab (9-30) Aleksey Navalniy ötkir allergik reaksiya taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yuzi kuçli şişgan va teri qoplamalari qizargan. Allergiya reaksiyasi manbasi aniqlanmagan», - deb yozgan Yarmiş Twitter sahifasida. Uning sözlariga köra, Navalniyda ilgari allergiya kuzatilmagan.
Navalniyning safdoşi Aleksey Volkov esa, ayni hibsxonada xuddi şunday alomatlarni boşidan keçirgani haqida ma'lum qilgan.
«Aleksey maxsus birinçi qabulxonaning birinçi kamerasida. Unda men iyun oyida 28 sutka ötirganman. Çiqişim bilan şişib, qizil toşmalar toşdi. Bir hafta allergiyaga qarşi dorilar içib yurdim. Ammo, Alekseyda ham şunday alomatlar bor ekan, demak, u qandaydir ğalati allergiya», - degan u Twitter sahifasida.
Eslatib ötamiz, sud 24 iyulda Navalniyni 30 sutkaga hibsga olgan edi. U miting ötkaziş qoidalarini takroran buzganlikda aybdor deb topilgan.








