Yaponiyada mavsumiy allergiya muammosi şiddat bilan kuçayib bormoqda, u allaqaçon milliy inqiroz darajasiga yetdi. Hisob-kitoblarga köra, aholining taxminan 43 foizida örta va oğir alomatlar kuzatiladi va buning sababi 70 yildan ortiq vaqt oldin joriy etilgan örmon siyosati deb aytiladi, deb yozdi BBC.

Fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda Yaponiya örmonlarida havoga tutunga öxşaş quyuq «bulutlar» kötarilgan videolar tarqaldi. Aslida bu har yili bahorda örmonzorlardan yoppasiga tarqalib, şaharlarga yetib keladigan gulçang edi.

Şu sababli, har yili millionlab yaponlar niqob taqişga va antigistamin dorilarni qabul qilişga majbur bölmoqda, pollinoz yoki allergik rinit esa soğliqni saqlaşning asosiy muammolaridan biriga aylandi.

Bu holatning sababi Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davrda, Yaponiya energiya tanqisligi tufayli örmonlarning keng miqyosda kesilişiga duç kelgan paytga borib taqaladi. Yaşil hududlarni tezda tiklaş uçun hukumat asosan tez ösuvçi ikki tur - yapon sadri sugi va xinoki sarvini ekiş orqali ommaviy örmonzorlaştiriş dasturini işga tuşirdi. Bugungi kunda uşbu daraxtlar plantatsiyalari mamlakat hududining qariyb beşdan bir qismini - taxminan 10 million gektarni egallaydi.

Nima uçun gulçang muammo bölib qoldi?

Aynan şu daraxtlar köp miqdorda yengil gulçang çiqaradi, u şamol yordamida şaharlarga oson tarqaladi. Daraxtlarning yoşi (30 yoşdan oşgan) bilan uning soni faqat ortib bormoqda, bu esa allergiyalarning hozirgi çöqqisiga olib keldi.

Allergiya alomatlaridan taşqari, bemorlar uyquning buzilişi, diqqatni jamlaşning pasayişi va astma rivojlaniş xavfining oşişiga duç kelmoqda.

Kasallik varaqalari va iste’mol faolligining pasayişi tufayli mavsumiy iqtisodiy yöqotişlar kuniga taxminan 1,6 milliard dollarga baholanmoqda.

Hukumat 2023 yildayoq bu muammoni milliy deb tan oldi va 30 yil içida çang miqdorini 50 foizga kamaytiriş rejasini e’lon qildi.

Çora-tadbirlar rejasiga suga plantatsiyalarining bir qismini kesiş va ularni yanada xilma-xil örmonlar bilan almaştiriş, şuningdek, gulçang darajasi past bölgan navlarni ekiş kiradi.

Biroq, ekspertlar örmonlarni töliq almaştiriş önlab yillar davom etişi mumkin bölgan öta murakkab vazifa ekanini ta’kidlamoqda.