17 may kuni Özbekistonning ba’zi hududlarida şamol tezligi kuçayib, çang-tözon hodisasi kuzatilmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi bunday şaroitda amal qiliş kerak bölgan tavsiyalarni berdi.
«Bu vaziyatda imkon qadar oçiq havoda yurmaslik zarur, Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik kon’yuktivit, tomoq qiçişişi bilan kuzatiladigan yötal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boşqa nafas yöli surunkali kasalliklari bor insonlar taşqariga çiqmasligi kerak», dedi Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova.
Ta’kidlanişiça, tözonli havo tarkibida ösimlik çanglari, zamburuğ sporalari juda katta konsentratsiyada böladi. Şu bois xastaliklari bor kişilar şifokor maslahati bilan allergiyaga qarşi dori vositalari dozalarini oşirişi lozim.
Şu bilan birga, xonalarni nam latta bilan tozalab turiş, uy yoki bino içiga, atrofiga suv solingan idişlar qöyiş çang darajasini pasaytirişga xizmat qiladi. Qolaversa, bunday vaziyatda nam soçiqlarni osib qöyiş, konditsioner va havoni tozalaş tizimlari ham asqotadi.
Derazalarni yopiq holda saqlaş, köproq suv içiş, tez-tez duş qabul qiliş nafas olişni yengillaştiradi. Oğiz va burun böşliğini tuzli eritma bilan yuvib turiş ham samara beradi.
Oçiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yuriş va ularni tez-tez almaştiriş şart. Yoş bolalar, homilador ayollar va yoşi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bölişi tavsiya etiladi.
«Agar taşqi muhitdagi çanglar tufayli nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, közlarda va tomoqda qiçişiş va qizariş, yötal belgilari yuzaga kelsa, oilaviy şifokorga murojaat qiling», deyiladi xabarda.












