Abituriyentlar diqqatiga! Havo kemalarini boshqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tayyorlash borasida dunyoda ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Xarkov Milliy aviatsiya universiteti yigit-qizlarni hech qanday imtihonsiz oliy ta'lim muassasining talabasi bo‘lishga taklif etadi.
Yaqinda O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Biroq, hujjat topshirgan 1,2 million abituriyentning 102 ming 400 nafari, ya'ni taxminan 10 foizi talabalikka qabul qilinadi. Qolganlar-chi, qolganlar ko‘zini yoshlab qolib ketaveradimi? Yo‘q, albatta! Bordi-yu talaba bo‘la olmadingiz. Xo‘sh, nima qilasiz? Ko‘zyosh qilishga vaqt yo‘q. Ukraina Respublikasining rasmiy maqomga ega bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari o‘zbekistonlik abituriyentlarga imtihon, test kabi ortiqcha yugur-yugurlar va hech qanday sinovlarsiz talaba bo‘lish imkonini bermoqda. Bunday qulay imkoniyat esa hamma vaqt ham bo‘lavermasligi aniq.

Gap shundaki, siz hoziroq 8 yildan buyon Toshkent-Kiyev o‘rtasida ta'lim borasida aloqalarni bog‘lab, mingdan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlarning Ukrainada o‘qishlarini ta'minlayotgan “Inside-A” ta'lim markazi bilan bog‘lanishingiz, shu soatlarning o‘zidayoq o‘zingizni talabadek his qilishingiz mumkin.
“Inside-A” Ukrainadagi quyidagi OTMlarga yo‘llanma beradi:
1. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti
2. V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti
3. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti
4. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti
5. Xarkov Milliy politexnika universiteti
6. S. Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti
7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti
8. Xarkov davlat boshqaruvi akademiyasi
Xo‘sh, nega gapni Xarkov Milliy aviatsiya universitetidan boshladik? Boisi bu taklif nafaqat OTMga hujjat topshirganlar, balki hali hujjat topshirmaganlarni ham qiziqtirishi aniq. Ma'lumki, O‘zbekistonda aviatsiya universiteti, umuman olganda, aviatsiya sohasida mutaxassislar, ayniqsa, uchuvchilar tayyorlaydigan OTM yo‘q. Shu yo‘nalishni tanlagan ko‘pchilik orzusi bo‘lgan sohani egallashda qiyinchiliklarga duch keladi. Qaysi mamlakatga borib, ta'lim olishni bilmaydi.







