Bu haqda maʼlum qilgan Özbekiston Prezidenti administratsiyasining AQŞdagi vakili Komil Allamjonov amerikalik hamkorlarga mazkur taşabbus uçun minnatdorlik bildirdi.

Özbekistonning Siyetldagi Boş konsulxonasi maʼlumotiga köra, AQŞning Oregon ştati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni butun ştat miqyosida “Özbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman eʼlon qilgan.

Gubernator tomonidan imzolangan va Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan tasdiqlangan proklamatsiyada Oregonning barça aholisi uşbu muhim sanani birgalikda nişonlaşga çaqirilgan.

Mazkur qaror Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilindi. Hujjatda Özbekistonning 35 yil davomida öz suverenitetini mustahkamlab, boy madaniy merosini asrab-avaylaş, tinçlik, farovonlik va milliy taraqqiyot yölida izçil rivojlanib kelayotgani alohida qayd etilgan.

Proklamatsiyada, şuningdek, Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, mamlakatning xalqaro maydondagi faolligi hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi saʼy-harakatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Oregon rahbariyati Özbekiston va AQŞ örtasidagi munosabatlar savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, taʼlim, toza energetika, turizm va xalqlararo almaşinuvlar orqali tobora kengayib borayotganini ham eʼtirof etgan.

Hujjatda Özbekiston Respublikasining Sietl şahridagi Boş konsulxonasi Oregon ştatiga ham xizmat körsatişi va Özbekiston bilan Oregon örtasidagi madaniy, iqtisodiy, taʼlim hamda xalqlararo aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qilayotgani alohida qayd etilişi muhim ahamiyatga ega.

Şuningdek, Oregon ştati Özbekiston bilan madaniy, taʼlim, iqtisodiy va xalqlararo munosabatlarni izçil kengaytirişni olqişlaşi rasman bildirilgan. Özbek-Amerika hamjamiyati va Özbekiston döstlarining ikki xalq örtasidagi özaro anglaşuv va döstlikni mustahkamlaşdagi hissasi ham eʼtirof etilgan.

Oregon ştati haqida

Oregon ştati AQŞning Tinç okeani sohilidagi iqtisodiy va texnologik jihatdan muhim ştatlaridan biri, “çiplar markazi” hisoblanadi. Aholisi 4,3 mln kişi, iqtisodiyoti esa 340 mlrd dollardan ortiq.