Voqea 28-avgust kuni kechqurun Bucha tumanida sodir boʻlgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya hujumidan keyin ombor binolarida yongʻin boshlangan va u portlashlar bilan davom etmoqda.
Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda. Qutqaruvchilar hujum oqibatlarini bartaraf etish va yongʻinni nazoratga olishga harakat qilmoqda.
Tkachenko mahalliy aholini hodisa joyiga yaqinlashmaslik va favqulodda xizmatlar koʻrsatmalariga rioya qilishga chaqirgan.
Hozircha hujum oqibatida jabrlanganlar bor-yoʻqligi va yetkazilgan zarar koʻlami haqida aniq maʼlumot berilmagan.
Kiyev–Chop trassasining bir qismi yopildi
Ukraina Patrul politsiyasi departamenti rahbari Aleksey Biloshitskiyning maʼlum qilishicha, hodisa sabab M-06 Kiyev–Chop avtomobil yoʻlining 15-kilometridan 32-kilometrigacha boʻlgan qismida barcha transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatilgan.
Politsiya haydovchilar uchun yopilgan hududni aylanib oʻtish sxemasini ham eʼlon qilgan.
Rasmiylar hozircha omborlarda aynan qanday mahsulotlar saqlangani va portlashlarga nima sabab boʻlgani haqida batafsil maʼlumot bermagan.






