Senator Stiv Deyns Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida «Dunyo» axborot agentligiga intervyu berdi.

Uning taʼkidlaşiça, sönggi ön yilda Özbekistonda iqtisodiyot, xalqaro hamkorlar bilan munosabatlar va aholi turmuş darajasini yaxşilaş borasida sezilarli özgarişlar amalga oşirildi.

Deynsning fikriça, uşbu islohotlar Özbekistonni yanada oçiq davlatga aylantirib, AQŞ va boşqa mamlakatlar bilan savdo, investitsiya va şeriklikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Senator Özbekistonni strategik jihatdan muhim mamlakat deb atadi. U ikki tomonlama munosabatlar va C5+1 formatidagi hamkorlikda salmoqli natijalarga erişilganini qayd etdi.

Şu bilan birga, Deyns Jekson–Venik tuzatişida nazarda tutilgan va AQŞ hamda Markaziy Osiyo örtasidagi erkin savdoga tösqinlik qilayotgan eskirgan çeklovlarni bekor qilişni muhim vazifa sifatida körsatdi.

Muhim minerallar va texnologiyalar

Senator Özbekiston muhim mineral resurslarga boy ekanini taʼkidlab, bu yönalişdagi hamkorlik yangi investitsiyalarni jalb qiliş va taʼminot zanjirlarini mustahkamlaş uçun imkoniyat yaratişini bildirdi.

Deyns AQŞ va Özbekiston örtasida ilğor texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni ham kengaytiriş zarur deb hisoblaydi.

U sunʼiy intellekt, kvant texnologiyalari, fotonika va energetikani ustuvor yönalişlar sifatida sanab ötdi. Şuningdek, Amerika kompaniyalari va tadqiqot institutlarining Özbekiston texnologiya sektori bilan aloqalarini kuçaytiriş ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlaş va yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirişga xizmat qilişini taʼkidladi.

Özaro savdo 1 milliard dollardan oşgan

Deynsning maʼlum qilişiça, Özbekiston va AQŞ örtasidagi özaro savdo aylanmasi 1 milliard dollardan oşgan. U investitsiya va boşqa hamkorlik aloqalari kelgusida ham ösişda davom etişiga işonç bildirdi.

Senator Özbekistonning xorijiy investitsiyalar va xalqaro savdo uçun oçilişi nafaqat mamlakatning özi, balki Markaziy Osiyo uçun ham ahamiyatli ekanini qayd etdi.

Uning fikriça, erkin bozor tamoyillarini rivojlantiriş, xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş va xalqaro savdoni kengaytiriş Özbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini kuçaytiradi.