Özbekistonda tovar va xizmatlar uçun tölovlarni naqd pul şaklida amalga oşiriş mumkin bölgan çegaraviy miqdor oşirildi.
2026-yil 1-apreldan kuçga kirgan tartibga asosan, qiymati 25 mln sömdan oşadigan tovar va xizmatlar uçun tölovlarni naqd şaklda amalga oşiriş taqiqlangan edi.
28-avgustdan eʼtiboran, bu çegara bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravari deb belgilandi. 1-sentabrdan eʼtiboran bazaviy hisoblaş miqdori 412 ming sömdan 440 ming sömga oşadi, şunga muvofiq, 440 BHM – 1-sentabrgaça 164,8 mln söm, 1-sentabrdan 176 mln sömga teng böladi.
Uşbu yangilik davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 27-avgust kuni qabul qilingan prezident farmonida közda tutilgan. Farmon 28-avgustdan kuçga kirdi.
Ayni paytda, qişloq xöjaligi mahsulotlariga nisbatan istisno saqlab qolinmoqda, yaʼni qişloq xöjaligi mahsulotlarining istalgança qiymatdagi oldi-sotdisida naqd pul bilan tölov qiliş mumkin.
Şuningdek, muayyan tovar va xizmatlarga har qanday summadagi tölovlarni faqat naqdsiz amalga oşiriş tartibi ham saqlab qolindi. Bu tovar va xizmatlarga quyidagilar kiradi:
- davlat organlari tomonidan körsatiladigan xizmatlar;
- elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvidan foydalanganlik uçun tölovlar (bundan bank kassalari orqali amalga oşiriladigan tölovlar mustasno);
- alkogol va tamaki mahsulotlari;
- transport vositalariga yoqilği quyiş şoxobçalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotiş va elektrda harakatlanadigan transport vositalarini zaryadlaş böyiça xizmatlar;
- köçmas mulk obyektlari, işlab çiqarilganiga ön yildan oşmagan M, N, O va G toifaga kiruvçi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalari.













