Boş vazir ta'biri bilan aytganda, özbek tilida yangi söz paydo böldi – «snos». Oddiy xalq, tadbirkor hamda investor uçun qörqinç va behalovatlikni anglatuvçi yangi söz hokimlarga aslo ta'sir qilmaydi. Harqalay, 3 avgust kuniga qadar şunday edi.

Şavkat Mirziyoyev yiğilişda Qaşqadaryo, Xorazm va Farğona viloyatlarida bölayotgan buzişlar (yangi tilda «snos» deyiladi) aholining keskin noroziligiga sabab bölayotganini aytib, hokimlarga dakki berdi.

Prezident internetda noroziligini bildirib çiqayotgan xalqning bezovtaligini öqib, bilib, kabinetida tinç ötira olmasligini qat'iy ta'kidlagandi.

Prezident «Ermanovning qilgan «qiliği», Röziyevning qilgan xiyonati — bu madaniyatsizlik», deya baholagandi. Ularning internet orqali murojaat qilib, elga xatolarini tan olişi, hisobot berişi belgilandi. Köp vaqt ötmay hokimlar birin-ketin xalqdan keçirim sörab çiqa boşladi.

Ajablanarli jihati şundaki, qariyb bir oy davomida Rişton tumanidagi buziş işlari va jazirama issiqda boşpanasiz qolib, mutasaddilarning beparvoligidan aziyat çekayotgan farğonaliklar haqida ketma-ket maqolalar e'lon qilindi. Farğona viloyat hokimi öşanda vaziyatga adekvat munosabat qilmadi. U xato va kamçilikni tan olmay, öz bilgança işlayverdi.

Xorazm viloyati hokimi esa Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolalardan tegişli xulosa qilolmadi, bu xalqning ğazabini qözitdi. Ikki oy boşpanasiz köçadagi çaylada yaşayotgan aholiga kompensatsiya ham bermay keldi.

Qaşqadaryo viloyatida tadbirkor hokim örinbosariga benzin sepib öt qöyib yuborganida ham viloyat hokimi voqea joyiga darhol yetib bormadi.

Faqat davlat rahbarining siyosiy irodasidan keyin, uning tanbehlarini eşitgaç, yuqoridan topşiriq olib, xalqdan keçirim sörayotgan hokimlar aslida ham qilgan işidan puşaymonmi?

Qonun ustuvorligini ta'minlaş asosiy vazifasi bölgan prokuratura xodimlari nega vaziyatga panja ortidan qarayapti? Axir mulk huquqini mensimay, odamlarni boşpanasiz qoldirgan, örnatilgan tartibda xalqni rozi qilmay buzişlarni boşlagan rahbarlar javobgarlikka tortilmaydimi? Biz Özbekistonda barçaning qonun oldida teng javobgar ekaniga amin böldik-ku? Hokimlar keçirim sörasa, ularning qilmişlari unutiladimi?