Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining quyi böğinlaridagi rahbar kadrlar uç oy içida nafaqat iş uslubini, balki kiyiniş tarzini ham özgartirişi talab etiladi.
Qömita raisi Elmira Bositxonova bugun jurnalist va blogerlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotda özi rahbarlik qilayotgan tizimda ana şunday taşabbusni ilgari surgani haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Lavozimga ötirişim bilanoq grafik böyiça joylarga çiqdim va vaziyatlarni örganişga kirişdim. Aniqroği, tuman xotin-qizlar qömitasi raislari hamda mahallalardagi maslahatçi lavozimidan qömita tizimiga ötgan 10 mingga yaqin mutaxassislarning nima iş qilişi kerakligi töğrisida aniq körsatma beriş uçun bordim.
Xotin-qizlar qömitasida tizimli iş yöqligi bois vaziyat ança murakkab. Çekka qişloqlarning birida ayollar bilan uçraşuv taşkil qildik. Ularning egnidagi libosi juda oddiy. Tuman raislari esa başang kiyingan. Bu holatda opa-singillarimiz vakillarimizga dardini qanday aytadi? Quyidagi raislarga oktabr oyigaça muhlat berdim. Uç oy içida işlaş prinsipini ham, taşqi körinişini ham özgartirişadi.
Muddat tugagaç, monitoring qilamiz. Xato va kamçiliklari bisyorlari jiddiy ogohlantiriladi. Tizimdagi işning töğri yölga qöyilmaganligi va hududlardan kelayotgan murojaatlarning sonini köpayişi, albatta, ularning lavozimiga loyiq yoki nomunosib ekanligini körsatadi.
Özimning xulosalarim, kuzatişlarim natijasida kelgusida hal qilinişi lozim bölgan dolzarb vazifalarimni belgilaganman. Barçasini asta-sekin amalga oşirişga harakat qilamiz. Bu borada siz jurnalistlarning ham yordamlaringiz juda muhim», – dedi Elmira Bositxonova.
Tadbirda ta'kidlanişiça, yil yakuniga qadar har bir MFYda 30 nafardan eng faol va jonkuyar ayollar saralab olinadi. Ular 5 yönalişda: oila muammolari, ayollar salomatligi, bandlik, bola tarbiyasi va xotin-qizlar jinoyatçiligini oldini oliş yönalişlarida volontyor sifatida faoliyat yuritişadi.
Elmira Bositxonova: «Ijtimoiy tarmoqlar kuçini oxirgi bir yarim oyda kördim»











