Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Namangan viloyatida Özbekistonning boşqa hududlariga nisbatan onalar va bolalar ölimi körsatkiçlari ança yuqori.

Bu haqda keça, 8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Oila reproduktiv salomatligi muammolari, uning demografik rivojlanişi, farovonligi va tinçligini örganiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va hayotga samarali tatbiq qiliş“ mavzuida ötkazilgan davra suhbatida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” muxbiri.

Markazning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilayotgan ijtimoiy buyurtmasini amalga oşiriş doirasida “Fertil yoşdagi ayollarning reproduktiv salomatligi va huquqlari masalalari böyiça xabardorligini oşiriş maqsadida vaziyatni tahlil qiliş, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş tizimini mustahkamlaş va rivojlantirişga qaratilgan yangi mexanizm va yondaşuvlarni işlab çiqiş va tatbiq qiliş” loyihasining taqdimotida mutaxassis va tadqiqotçilar dolzarb mavzu borasida şaxsiy fikr-mulohazalarini bildirişdi.

Foto: “Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

“Tadqiq etilayotgan masala mamlakatning barça hududlari uçun dolzarb. Lekin tadqiqot obekti sifatida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Namangan viloyati tanlangan. Çunki Orol dengizining qurişi tufayli Qoraqalpoğistonda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzaga kelgan. Yerning şörlanişi va eroziyasi, bioxilma-xillikning kamayişi, iqlim özgarişi mazkur hududda yaşovçi aholi salomatligiga jiddiy darajada salbiy ta'sir körsatmoqda. Oxirgi yillarda noqulay ekologik muhit ta'siri natijasida hududda onalar va gödaklar ölimi körsatkiçlari nisbatan yuqori bölgan.

Namangan viloyatida esa qizlarni erta turmuşga beriş natijasida ayollarning reproduktiv salomatlik körsatkiçlari qoniqarsiz ekani kuzatilgan. Loyiha doirasida onalar va bolalar ölimiga sabab bölayotgan omillar, uşbu hududlarda aholining reproduktiv salomatligini asraşga qaratilgan şart-şaroitlar qay darajada ekanligi örganiladi”, - dedi loyiha koordinatori, “Yuksak salohiyat” NNT ijroçi direktori Natalya Sviridova.

Tadbirda ta'kidlanişiça, loyiha böyiça har bir hududda ming nafar ayolni öqitiş, patronaj hamşiralar uçun maxsus qöllanma tayyorlaş va boşqa axborot loyihalarini amalga oşiriş közda tutilgan. Bundan taşqari, reproduktiv salomatlik böyiça foydali ma'lumot oliş va kerakli savollarga javob topiş imkonini beradigan maxsus sayt (yuksak.uz) yaratiladi.