Senat axborot xizmatining ma'lum qilişiça, 2020 yili gödaklar ölimi 6 860tani, onalar ölimi 155tani taşkil etgan. Vaholanki, 2019 yilda bu körsatkiçlar mos ravişda 6 432ta va 145ta bölgan.
Bir yil içida gödaklar ölimi 428taga, onalar ölimi esa 10taga köpaygan. Rasmiy relizda uşbu holatga respublikada reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilişga oid qonun hujjatlari ijrosini ta'minlaşdagi kamçiliklar sabab bölgani keltiriladi.
Avvalroq, Elmira Bositxonova onalar ölimining 45-50 foizi homilador ayollarning öz soğliğiga e'tiborsizligi va şifokorga keç murojaat qilişi bilan boğliq ekanini aytgandi.
«Oila» markazi direktor örinbosari Dilbar Alimjonova bundan rosa ikki yil muqaddam BMT sessiyasida sözlagan nutqida Özbekistonda onalar ölimi 1990 yilga nisbatan 55 foizga kamayganini ta'kidlagandi.
Özbekistonda onalar va gödaklar ölimi kamaymayotgani, aksinça yildan yilga ösib borayotgani Senatning 2018 yilgi yalpi majlisida ham kötarilgan.
Ayançli raqamlar: bolalar ölimining asosiy sabablari nimalar?
Samarqanddagi perinatal markazda nega bir kunda beş çaqaloq nobud böldi?








