Özbekistonning turli hududlaridagi 800ta oila iştirokida ijtimoiy sörovnoma ötkazildi. Sörovnomada bildirilgan fikrlar asosida zamonaviy-namunali oila modeli sifatida qanday oila nazarda tutilişi aniqlandi.

Sörovnoma natijalariga köra, quyidagi mezonlarga javob beruvçi oilalar zamonaviy-namunali oila sanaladi:

  • qonuniy nikohdan ötganlik;
  • oilaning töliqligi (ota ham, ona ham bor);
  • 3 nafardan kam bölmagan farzandga egalik;
  • ota-onalar va farzandlarning oliy ma'lumotga va işga egaligi;
  • bobo va buvi bilan istiqomat qiliş;
  • farovon turmuş şaroitiga egalik;
  • jismonan soğlom bölişga e'tibor beruvçi;
  • ma'naviy-psixologik soğlom muhit;
  • farzandlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalovçi oila.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bu haqda 13 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida «Oila» markazi direktori örinbosari Dilbar Alimjanova ma'lum qilgan.

Anjumanda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlar töğrisida ham ma'lumot berildi.

Xususan, 2019 yilning ötgan 9 oyi davomida ijtimoiy ahvoli oğir bölgan xotin-qizlarning 6 ming 734 nafariga tibbiy, 18 ming 717 nafariga 12 mlrd 6 mln söm qiymatida moddiy yordam körsatilgan.

«Nogironligi bölgan 5 ming 39 nafar xotin-qizga nogironlik aravaçalari hamda boşqa reabilitatsiya vositalari olib berildi. Oğir turmuş şaroitida yaşayotgan ayollarning uy-joy şaroitlarini yaxşilaş maqsadida 1 ming 454 nafar xotin-qiz uçun uy-joy summasining boşlanğiç badali tölab berildi», – dedi Xotin-qizlar qömitasi raisining birinçi örinbosari Zulayho Mahkamova.

Özbekistonda yoş kelin-kuyovlar uçun maxsus tadqiqot portal oçiladi