12 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oşiriş, ulardan samarali foydalaniş, investitsiyalarni, avvalo, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va özlaştiriş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş kölamini kengaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Selektor davomida prezident hokim bölgan vaqtlarini esladi.

«Bizda 20 yil eksport yöq edi. Faqat gaz bilan paxta bor edi. Hozir biz yangi bosqiçga kötarilyapmiz. Biz raqobatga tayyor bölişimiz kerak. Çegarani yopib qöyaverib qaşşoq bölib yuraverdik. Tanamizda qonimiz qolmadi. Biz eksportni rivojlantirişimiz kerak.

Eksportni kiçik-kiçik korxonalardan boşlaş kerak. Öşa kiçiklar yiğilib katta böladi. Masalan kökatni 12 oy sotiş mumkin (Qaşqadaryo hokimi Zafar Röziyev rossiyalik investorlar kökat eksport qilmoqçi ekanligi haqida gapirdi). Yerni undan unumli foydalanmoqçi bölayotganlarga beriş kerak.

Mana, sizlarga mahalliylaştiriş böyiça ham yordamçi beryapmiz, pul beryapmiz. Men ham hokim bölganman, bizda bir söm ham pul bölmasdi», - deb prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2003 yil boş vazir bölişidan avval ikki yil Samarqand viloyat hokimi bölib işlagan. Mirziyoyev Samarqanddan oldin Jizzax viloyati va Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanlarida ham hokim bölib işlagan.