Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati Uzun tuman bölimi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Mahkama matbuot xizmati xabariga köra, unda Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori örinbosari I.M. uşbu kollejga öqişga joylaştiriş hamda kelgusida tanişlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga öqişni köçirtirib beriş evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming söm pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda tergov harakatlari ötkazilmoqda.








