Yevropada 2018/19 mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar e'lon qilindi.
Nomzodlar uchligidan «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan.
4-10 o‘rinlar egalari quyidagilar:
4. Alisson Beker («Liverpul») – 57 ochko
5. Sadio Mane («Liverpul») – 51
6. Muhammad Saloh («Liverpul») – 49
7. Eden Azar («Chelsi» - hozir «Real») – 38
8= Matteys de Ligt («Ayaks») – 27
8= Frenki de Yong («Ayaks») – 27
10. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 12
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur e'tirofga «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich loyiq ko‘rilgan edi. Undan oldingi 4ta mavsumdan 3tasida mukofot Krishtianu Ronalduga berilgan:
2010/11: Lionel Messi
2011/12: Andres Inesta
2012/13: Frank Riberi
2013/14: Krishtianu Ronaldu
2014/15: Lionel Messi
2015/16: Krishtianu Ronaldu
2016/17: Krishtianu Ronaldu
2017/18: Luka Modrich
2011 yilda ta'sis etilgan sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchilardan faqat bir nafari – Frank Riberi ispan klubi a'zosi emasdi.
Bugun UYeFA, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘tgan mavsum laureati bo‘lishga nomzodlarni ham ma'lum qildi.
Chempionlar ligasi bo‘yicha boshqa yo‘nalishlardagi nominantlar quyidagilar:
«Mavsumning eng yaxshi darvozaboni»: Alisson Beker, Ugo Loris, Mark-Andre ter Shtegen
«Mavsumning eng yaxshi himoyachisi»: Trent Aleksander-Arnold, Matteys de Ligt, Virjil van Deyk
«Mavsumning eng yaxshi yarimhimoyachisi»: Frenki de Yong, Kristian Eriksen, Jordan Henderson
«Mavsumning eng yaxshi hujumchisi»:
















