Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Samarqand viloyat hududiy boşqarmasi “Samarqand marmar” AJ ustav kapitalidagi davlat uluşi sotuvga qöyilayotgani haqida xabar berdi.

Marmar işlab çiqariş korxonasining davlat aksiyalari 2019 yil 26 sentyabrdan “Elsis Savdo” AJ savdolariga qöyiladi. Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi 6,9 foizga teng.

Savdoga çiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 18 160 dona oddiy aksiya. Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 2600 söm. Bir dona aksiyaning savdoga qöyişdagi boşlanğiç narxi – 58 470,71 söm.

Aksiyalar paketining savdoga qöyişdagi boşlanğiç narxi 1 061 828 093,6 (bir milliard oltmiş bir million sakkiz yuz yigirma sakkiz ming töqson uç söm olti tiyin) söm bölib, emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 684 216 000,0 (olti yuz sakson tört million ikki yuz ön olti ming) sömni taşkil etadi.

Savdolarga çiqarilgan davlat aksiyalarini ularni savdoga qöyiş narxi böyiça sotib olişga ikki oy mobaynida buyurtmanoma bölmagan taqdirda, har  15 kunda boşlanğiç savdoga qöyiş narxining 10 foiz miqdorida, lekin boşlanğiç savdoga qöyiş narxining 50 foizidan past bölmagan holda, savdoga qöyiş narxini qadam-baqadam pasaytiriş mexanizmi qöllaniladi.