Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev işdan olinadi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, 26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilinadi.
Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov iştirokida ötkaziladigan mazkur yiğilişda şaharning yangi hokimi taniştiriladi.
Turli yillarda ta'lim tizimida turli lavozimlarda işlagan, bir muddat Andijon viloyati xalq ta'limi boşqarmasini boşqargan Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon şahriga hokimlik qilib kelayotgandi.
U 2017 yilning kuzida Andijon şahridagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda maşhur bölgandi.
Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida boş vazir iştirokida ötkazilgan videoselektorda şahar köçalarini obodonlaştiriş uçun, budjet taşkiloti xodimlari, jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt köçatlarini ança qimmat narxga sotib olişga majburlagani uçun hayfsan olgan, boş vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma'lum qilgandi.









